O‘zbekistonliklarning aksariyati mamlakatda korrupsiya tarqalgan, deb hisoblaydi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
29 % respondentlar mansabdorlarning har ikkinchisini korrupsioner deb hisoblaydi.

TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. "Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan joriy yilda o‘tkazilgan korrupsiya bo‘yicha so‘rovda qatnashganlarning 66,5 %i O‘zbekistonda korrupsiya singari salbiy holat tarqalgan deb hisoblaydi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Adliya vazirligi korrupsiya qarshi maxsus Telegram botni ishga tushirdi

Bu haqda Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining kengaytirilgan majlisida gapirib o‘tgan.

Uning qayd etishicha, qariyb 17 %z ishtirokchilar korrupsiya hamma joy va sohalarni qamrab olgan degan fikrdadir.

29 % respondentlar mansabdorlarning har ikkinchisini korrupsioner deb hisoblaydi.

So‘rovda ishtirok etganlarning 26 %i mamlakatda korrupsiyaga qarshi o‘tkazilayotgan kurashda ochiqlik va oshkoralik, uni ommaviy axborot vositalarida yoritish ishlarini yetarli emas va bu holat korrupsiyaning asosiy sabablaridan deb hisoblaydi, degan Yo‘ldoshev.

Yangiliklar lentasi
0