Jerar Depardye O‘zbekiston haqidagi filmda suratga tushadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishAkter Jerar Depardye
Akter Jerar Depardye - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransuz kompaniyasi respublikaning madaniy va tarixiy merosi haqida film olish uchun O‘zbekistonga kelishi kutilmoqda

TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Fransiyaning "B-Tween" produserlik kompaniyasi film suratga olish maqsadida O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiriga tashkilotchilar xabar berdi.

Hujjatli film O‘zbekistonning madaniy, pazandalik va tarixiy an’analariga bag‘ishlanadi. Film syomkasi ishlarida taniqli fransuz akteri Jerar Depardye qatnashadi. Ushbu loyiha "Uzbekistan Airways" MAK va O‘zbekiston turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.

"Ipak yo‘li" deb nomlangan filmda mashhur aktor O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiladi. Loyiha rejasiga ko‘ra, u Toshkent, Samarqand va Buxoroni ziyorat qiladi.

Xabarda aytilishicha, ushbu film O‘zbekistonning yorqin tashrif qog‘oziga aylanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0