"Jayron" operatsiyasi: Markaziy Osiyo mamlakatlari harbiylari kuzda O‘zbekistonga keladi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaVoyennie ucheniya v Uzbekistane
Voyennie ucheniya v Uzbekistane  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, FVV va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga biologik xavfsizlik bo‘yicha ikkita mobil laboratoriyalar taqdim etiladi

TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda kuz faslida Markaziy Osiyo davlatlarining biologik xavflarga javob qaytarish bo‘yicha "Jayron" mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Idora xabariga ko‘ra, 12-14 iyun kunlari Brusselda kimoviy, biologik, radiologik va yadroviy materiallar bo‘yicha ilg‘or tajriba markazlarining milliy koordinatorlari yettinchi yig‘ilishi o‘tkazilgan. Uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasiga sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor G‘ulomov rahbarlik qilgan.

Majlis davomida "Markaziy Osiyo mamlakatlarida biologik xavfsizlik bo‘yicha ixtisoslashtirilgan ta’limni taqdim etish va milliy-huquqiy asosni takomillashtirish" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yakuniy xulosalar taqdim etilgan.

"Ushbu loyihaning mantiqiy yakuni sifatida mamlakatda joriy yil kuz faslida "Jayron" nomi ostida mintaqaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazishga kelishilgan", - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, FVV va O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga biologik xavfsizlik bo‘yicha umumiy miqdori bir million yevro bo‘lgan ikkita mobil laboratoriyalar taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0