TOShKENT, 15-iyun — Sputnik. Turkiyaning Antalya provinsiyasida yetti nafar turist yo‘l-transport hodisasi oqibatida jabrlandi, deb xabar berdi Turkiyaning Habertürk telekanali.
Xabarda aytilishicha, avariyada O‘zbekiston va Rossiya fuqarolari jabrlangan.
Dam olishga kelgan turistlarga xizmat ko‘rsatayotgan avtobus qarama-qarshi kelayotgan mashinaga to‘qnashgan.
Avariyada jami 11 kishi jabrlangan, ularning 7 nafari - O‘zbekiston va Rossiyadan.
Jabrlanganlarning barchasi kasalxona va gospitallarga olib borilgan. Ularning bir qismi og‘ir ahvolda.