Shreder Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishini qonunan to‘g‘ri, deb hisoblaydi

© Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBivshiy federalniy kansler FRG Gerxard Shreder.
Bivshiy federalniy kansler FRG Gerxard Shreder. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sobiq kansler Qrimning Rossiya hududiga qo‘shib olinishi huquqiy nuqtayi nazardan mutlaq to‘g‘ri amalga oshirilganini aytgan va yarimorol aholisi irodasiga to‘liq mos tushadi, deya qo‘shimcha qilgan. Bu holatni Rossiya tomonidan "tajovuz" sifatida qabul qilish mutlaqo noto‘g‘ri, deydi u.

TOShKENT, 15-iyun – Sputnik. Germaniyaning sobiq kansleri Gerxard Shreder Qrim Rossiyaga mutlaqo qonuniy tarzda qo‘shib olingani haqida aytdi, deb yozadi Bild nashri.

Amerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
AQShning pilotsiz samolyoti Qrim yaqinida razvedka o‘tkazdi

Shrederga ko‘ra, "Qrim - azaldan ruslar hududi hisoblangan". Kansler Xrushev tomonidan yarimorolning Ukraina SSRga topshirilishi - bu sovetlarning mamlakatni boshqarishdagi o‘ziga xos xususiyati bilan bog‘liq bo‘lganini eslatib o‘tgan.

"Sovet ittifoqi davrida Qrim hududi qayerga qo‘shib qo‘yilishi ahamiyatga ega bo‘lmagan. Ammo hozir unday emas", - degan Shreder.

Lavrov G‘arb nega Qrimni tan olmayotganini tushuntirdi >>>

Sobiq kansler Qrimning Rossiya hududiga qo‘shib olinishi huquqiy nuqtayi nazardan mutlaq to‘g‘ri amalga oshirilgani va yarimorol aholisi irodasiga to‘liq mos tushganini qo‘shimcha qilgan. Bu holatni Rossiya tomonidan qilingan "tajovuz" sifatida qabul qilish mutlaqo noto‘g‘ri, deb qo‘shimcha qilgan u.

Bundan tashqari, Shreder, Ukrainani Donbassda jangovar harakatlarni olib borishdan to‘xtashga, Minsk kelishuvini amalga oshirishga chaqirgan va Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qarshiligini bildirgan.

AQSh Qrimni Rossiyaniki deb tan olmaydi >>>

Eslatib o‘tamiz, Qrim yarimoroli va Sevastopolda referendum Ukrainada yuz bergan davlat to‘ntarishidan so‘ng, 2014-yilning fevralida o‘tkazilgan. 2014-yil 16-mart kuni bo‘lib o‘tgan referendumda yarimorolning aksariyat aholisi Rossiya tarkibiga kirish uchun ovoz berdi. Rossiya va Qrim qo‘shilishi uchun 96,77% qrimliklar va 95,6% sevastopol aholisi ovoz bergan edi. Ukraina hanuzga qadar Qrim yarimorolini vaqtincha okkupatsiya qilingan o‘ziga qarashli hudud, deb hisoblab keladi. Shuningdek, Qrim yarimoroli aholisi xohishi G‘arb mamlakatlari tomonidan ham tan olinmadi, ular o‘z noroziligini Rossiyaga va Qrim regioniga sanksiyalar kiritish orqali namoyish qildilar.

Yangiliklar lentasi
0