Prokuratura Gulnora Karimova aktivlarini O‘zbekistonga qaytarmoqda

CC BY-SA 3.0 / Timir01 / Gulnara Karimova.Gulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bosh prokuratura shuningdek, O‘zbekistonning birinchi prezidenti qizi sog‘ligi haqida ham ma’lumot bergan.

TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. Bosh prokuratura matbuot-kotibi Surayyo Rahmonova "Prokuratura organlarining 2019-yil 5 oylik faoliyati"ga bag‘ishlangan brifingda idora Gulnora Karimovaning aktivlarini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha xalqaro sheriklar bilan birgalikda ishlarni davom ettirayotganini ma’lum qildi. RIA Novosti xabari asosida.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Shveysariya sudi Gulnora Karimova mablag‘laridan foydalanishni ta’qiqladi

"Ayni vaqtda asosiy xorijiy sheriklar bilan hamkorlik olib borilmoqda, ular bizga bu ishda ko‘maklashishmoqda. Bu jarayonda biz uchun hech qanday to‘siq yo‘q", - degan Rahmonova Karimovaning aktivlarini O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ishlar qanday kechayotgani haqidagi savolga javob berar ekan.

Xabarda aytilishicha, Karimova ayni paytda jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tamoqda. Uning salomatligi bo‘yicha muammolar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning birinchi prezidenti qizi umumiy tartibdagi koloniyaga joriy yil mart oyida o‘tkazilgan edi.

Toshkent 12 davlatda, shu jumladan Rossiyada Karimovaning boyliklarini hibsga olish tashabbusi bilan chiqqan, ularning umumiy miqdori 1,5 milliardan ziyod.

Yangiliklar lentasi
0