OHIChK oltinchi sammiti 2022-yilda o‘tkaziladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishSammit SVMDA
Sammit SVMDA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OHIChK mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatlar va xalqlar farovonligini oshirishga qaratilgan xalqaro forumdir

TOShKENT, 15-iyun - Sputnik. Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning oltinchi sammiti 2022-yilda o‘tkaziladigan bo‘ldi, deyiladi Dushanbekda beshinchi sammit yakuniga ko‘ra qabul qilingan deklaratsiya matnida.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev  - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Samarqandda ShHT iqtisodiy sammitini o‘tkazishni taklif qildi

OHIChK mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, hamkorlikni mustahkamlash, mamlakatlar va xalqlar farovonligini oshirishga qaratilgan xalqaro forumdir. 

Kengashga bugungi kunda mintaqa hududi va aholisining 90 %ini qamragan 27 davlat a’zo. Sakkiz mamlakat va beshta nufuzli xalqaro tuzilma - Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Arab davlatlari ligasi, Xalqaro migratsiya tashkiloti, Turkiy tilli mamlakatlar Parlament assambleyasi uning kuzatuvchilaridir. 

O‘tgan yillarda ushbu tuzilmaning Qozog‘iston, Turkiya va Xitoy raisligida to‘rtta sammiti bӯlib ӯtgan. Bu galgi uchrashuv "Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona yondashuv" mavzusida o‘tkazilmoqda.

Majlis kun tartibidan mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish, terrorizm va ekstremizmga, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish, a’zo davlatlar o‘rtasida savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishga doir dolzarb masalalar o‘rin olgan.

Yangiliklar lentasi
0