O‘zbekiston terma jamoasi FIFAning yangi reytingida bu safar ham yuqoriladi

© AFUSbornaya Uzbekistana vnov podnyalas v reytinge FIFA
Sbornaya Uzbekistana vnov podnyalas v reytinge FIFA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
FIFA dunyo terma jamoalarning yangi reytingini e’lon qildi. Reytingda O‘zbekiston jamoasi o‘z maqeini yaxshilab olgan.

TOShKENT, 14-iyun - Sputnik. FIFA tashkiloti milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.

Yangilangan reytingda O‘zbekiston terma jamoasi o‘z mavqeyini yaxshilab olgan. Endilikda O‘zbekiston 1286 ochko jamg‘argan holda reytingda 3 pog‘ona yuqorilab, 82-o‘rinni band qilib turibdi.

Jahon reytingidagi yetakchilikni Belgiya milliy jamoasi 1746 ochko bilan  qo‘ldan boy bermasdan kelmoqda. Birinchi uchlikka Fransiya (1746 ochko) va Braziliya (1681 ochko) ham kiritilgan. Angliya milliy jamoasi o‘z mavqeyini yo‘qotmasdan, 4-pog‘onani egallab turibdi. Millatlar ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Portugaliya terma jamoasi o‘z mavqeyini yaxshilab, nufuzli beshinchi o‘rinni egallagan.

Kuchlik o‘nlik quyidagicha yakunlangan: Xorvatiya (6-o‘rin), Ispaniya (7-o‘rin), Urugvay (8-o‘rin), Shveysariya (9-o‘rin), Daniya (10-o‘rin).

​Shuningdek, FIFA reytingining yangi talqinida Osiyo jamoalari reytingidagi yuqori o‘nlikka o‘z mavqeyini yaxshilagan O‘zbekiston kiritilgan. Unda umumiy reytingda 20-o‘rindagi Eron milliy jamoasi yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlardan Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Iroq, O‘zbekiston terma jamoalari o‘rin olgan. Suriya esa 2 pog‘onani yo‘qotib, O‘zbekistondan keyin 85-o‘rindan joy olgan.

Yangiliklar lentasi
0