TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. Ukraina Konstitutsiyaviy sudi Potr Poroshenko konstitutsiyani buzganligini tan oldi. Bu haqda ZN.ua xabar qildi.
Nashr yozishicha, sobiq prezident energetika va kommunal xizmat sohalarida davlat boshqaruvi bo‘yicha milliy komissiyani tuzish to‘g‘risida qarorni imzolaganda bu holat yuz berdi.
Komissiya 2014-yil avgustda tashkil etilgan, ikki yil o‘tgach Oliy Rada bu yangi organni “doimiy mustaqil davlat kollegial” deb belgilash haqida hujjatni qabul qildi. Prezident tomonidan komissiya a’zolarini lavozimga tayinlashi va ozod etilishi belgilangan.
Endi Konstitutsiyaviy sud Poroshenko o‘zining konstitutsiyaviy vakolatlaridan chetga chiqqanligini tan oldi. Chunki u bunday tuzilmalarni tashkil qilishi va uning tarkibini shakllantirish huquqiga ega bo‘lmagan.
Shuningdek, sud komissiyaning qonun bilan belgilab berilgan maqomi konstitutsiyaga to‘g‘ri kelmasligi haqida qarorga keldi: bu organning vazifalarini hisobga olganda, uning ishini Vazirlar Mahkamasi boshqarishi kerak edi.
Nashr Poroshenko prezidentlik davrida komissiyaning faoliyati ko‘plab janjallar bilan bog‘liqligini eslatdi.
“U o‘sha paytda prezident, uning atrofidagilar va muayan oligarx guruhlarning manfaatlari uchun qarur qabul qiishda ayblangan”, - deb yozadi maqola muallifi.