Andrey Stenin nomli fotojurnalistika bo‘yicha xalqaro tanlov 2019-yilgi laureatlarining qisqa ro‘yxatini e’lon qildi.
Dunyo nashrlarining yetakchi suratchi va muharrirlaridan tashkil topgan tanlov hay’ati 6000 dan ortiq asarlarni tanlab oldi. 2019-yilgi tanlovda barcha besh qit’aning 80 ta mamlakatidan mohir suratchilari o‘zaro kuch sinashishdi. Har bir tanlab olingan asar o‘zining yorqinligi va ichki kechinmaga boy bo‘lganligi bilan ajralib turadi.
17 ta mamlakat vakillari 2019-yil g‘oliblariga aylanishdi. Ular Rossiya, Fransiya, Filippin, Germaniya, Hindiston, Italiya, AQSh, Eron, Meksika, Turkiya, JAR, Bangladesh, Gononk, Portugaliya, Ispaniya, Belarus va Misr.
Global ishtimoiy chaqiriqlar 2019-yilgi asarlarning asosiy mavzusiga aylandi. Yosh suratchilarning asarlarida muammolar aks etib qolmasdan, uning sabablarini ham ko‘rsatib o‘tilgan.