TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlat rahbarlari sammit yakuni bo‘yicha 21 ta hujjat imzolashdi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati xabar qildi.
ShHT sammiti ishtirokchilari sifrofizatsiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va atrof muhitni himoya qilish sohalari bo‘yicha 14 ta qarorga imzo qo‘yishdi.
Yig‘ilishdan so‘ng ShHT mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi. Xususan, OAV, jismoniy tarbiya va sport, turizm, sog‘liqni saqlash sohalarida bitimlar imzolandi.
Bundan tashqari, ShHT davlat rahbarlari “ShHT-Afg‘oniston” Muloqot guruhining kelgusi harakatlari bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladilar.
Qirg‘izistonda o‘tkazilgan sammitda 8 ta davlat prezidentlari ishtirok etdi. ShHTga Hindiston, Qog‘oziston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston a’zo. Kuzatuvchi-davlatlar Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mongoliya.
Keyingi yil yozda ShHT a’zo davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti Rossiyada o‘tkaziladi.