Shavkat Mirziyoyev Bishkekda qanday avtomobildan foydalandi - video

© Press-slujba prezidenta KRMirziyoyev provel vstrechu s glavoy Kirgizstana
Mirziyoyev provel vstrechu s glavoy Kirgizstana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Mercedes S-class W222 zirhlangan avtomobildan foydalandi.

TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. Bishkek shahrida o‘tkazilgan ShHT sammitiga 11 ta davlat prezident va bosh vazirlari tashrif buyurdi.

Sputnik Qirg‘iziston yuqori martabali mehmonlar Bishkekda qanday mashinalarda harakatlangani haqida video lavha tayyorladi.

Bishkek shahriga ayrim prezidentlarning shaxsiy avtomobillari olib kelindi. Boshqa yetakchilarga Qirg‘iziston prezident va hukumati ishlar boshqarmasiga tegishli bo‘lgan mashinalari taqdim etildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shahar bo‘ylab Aurus limuzinida harakatlandi. Xitoy yetakchisi Si Szinpin Hongqi kompaniyasi tomonidan yaratilgan shaxsiy № 501 limuzinida olib yurildi.  

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev ham shaxsiy mashinasidan foydalandi: Bishkekka Mercedes-Maybach S600 avtomobili olib kelindi.

2013 yilda ShHTning sentabr oyida o‘tkazilgan sammiti oldidan Rossiya Qirg‘izistonga yuqori mehmonlarni olib yuborish uchun mo‘ljallangan zirhlangan atomobillarni beg‘araz tarzda taqdim etdi. O‘sha vaqt Bishkek shahriga 5 dona BMW 760Li High Security ekstra-klass avtomobillari, 10 dona VIP Ford Transit mikroavtobuslar va bir dona VIP Mi-8 MTV-1 vertoloti olib kelindi.

BMW 760Li avtomobilidan Eron prezidenti Hasan Ruhoniy, Afg‘oniston yetakchisi Ashraf G‘ani va Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov foydalandi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkek bo‘ylab Mercedes S-class W222 zirhlangan avtomobilida harakatlandi. Ushbu turdagi avtomobilda Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Hindiston bosh vaziri Narenda Modi va Pokiston hukumati rahbari Imran Xan olib yurildi.

Yangiliklar lentasi
0