TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. ShHT davlat rahbarlarini yig‘ilishida Hasan Ruhoniy Tehron ShHT davlatlardan kompaniyalarga iqtisodiy imtiyozlar berishga tayyorligini ma’lum qildi.
“Eron Islom respublikasi hukumati ushbu tashkilot fuqarolar, kompaniya va hukumatlarining iqtisodiy faoliyati uchun barcha imtiyozlarni berishga tayyor”, - dedi Eron yetakchisi.
Bishkekda ShHTga a’zo davlat rahbarlarining 19-chi yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.
Forum davomida ishtirokchilar ShHTni holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Bu yil yig‘ilish raisi Qirg‘iziston prezidenti Sooranbay Jeenbekov bo‘ldi.
Sammit yakuni bo‘yicha 14 ta hujjat - 13 ta qaror va ShHT Bishkek deklaratsiyasini imzolash rejalashtirilgan. Bundan tashqari, ishtirokchilar OAV, sport, sog‘liqni saqlash va siyosat sohalarida shartnomalar imzolanadi.