Rossiya prezidenti Vladimir Putin ShHT sammitida ishtirok etish uchun Bishkek shahriga keldi.
Manas aeroportida Rossiya yetakchisini Sooronbay Jeenbekov kutib oldi.
2019-2020 yil ShHTda raislik Rossiyaga o‘tadi.
"Siz tashrif buyurganiz uchun juda xursandmiz. Biz har doim Rossiya va Vladimir Putin – bu Qirg‘izistonning eng sodiq do‘stlari deb aytamiz”, - dedi Qirg‘iziston prezidenti.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, barcha davlatlar xalqaro tashkilot ishida faol ishtirok etmoqda.
“Ushbu ma’noda Bishkek xalqaro faoliyat markazi bo‘ldi. Hammasini yuqori darajada tashkillashtirish - bu oson ish emas. Ishonchim komilki, hammasi eng yuqori darajada o‘tadi”, - dedi Vladimir Putin.