Siyosatshunos: Tehron ustidan hukmronlik qilishlariga toqat qilmaydi

© Foto iz lichnogo arxiva Yuriya SvetovaPolitolog Yuriy Svetov
Politolog Yuriy Svetov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos Yuriy Svetovning so‘zlariga ko‘ra, Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralar Trampning juda qattiq pozitsiyasi va Eron hukumatining murosasizligi tufayli tez orada bo‘lib o‘tmaydi.

Ekspert Yevropaning tobora faol pozitsiyasi sababli muzokaralar jarayonida ba’zi siljishlar kuzatilishi ehtimolini istisno qilmadi. Biroq Tramp Yevropa ittifoqi unga Eronni oxirigacha siquvga olishiga yo‘l qo‘ymasligidan qo‘rqadi, shuning uchun muzokaralar o‘tkazishga tayyor, boshqa tarafdan esa Vashington hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi.

Stanislav Tarasov - Sputnik O‘zbekiston
Amerika Eronni tiz cho‘ktirishga urinmoqda – siyosatchi

“Ultimatum – bu odatdagi amerika muzokaralar tizimi: biz sizdan talab qilamiz, qachon ijro qilsangiz, o‘shanda muzokaralar o‘tkazamiz. Ya’ni AQSh hech qanday majburiyatni o‘z zimmasiga olmaydi. Eronliklarga ularning hayotidagi asosiy baxt ular bilan amerikaliklar suhbatlashgan vaqt deb tushuntirilgan. Lekin Eron – suveren mamlakat, qadimiy siyosiy madaniyatga ega bo‘lgan mamlakat va bu yerda diktatorlik o‘tmaydi”, - dedi siyosatshunos Sputnik radio efirida.

Shu bilan birga, siyosatshunos  Eronning Amerika shartlari bir qismini ijro etishi Rossiya uchun foydali bo‘ladi deb hisoblaydi, ammo bu o‘z ustidan hukmronlik o‘tkazishlariga toqat qilishga tayyor bo‘lgan mamlakat emas.

Tramp Eronga “ulkan kuch” bilan po‘pisa qildi

“O‘ylashimcha, Tramp, Pompeo va Eron hukumatlarining yaqin oradagi muzokaralarini kutish kerak emas. Suquvga dosh bera olmagan Meksika varianti bu yerda ish berishi dargumon”, - deya xulosa qildi siyosatshunos.

Eron qo‘shni davlatlarni hujum qilmaslik shartnomasi imzolashga chaqirdi

Yangiliklar lentasi
0