O‘zbekistonda 9-yilga mo‘ljallangan biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi tasdiqlandi

Obuna bo‘lish
Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonlashtirish ishlari olib boriladi va uning maydoni 1,2 mln gektarga yetkaziladi.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. Hukumat qarori bilan 2019–2028 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasida biologik xilma-xillikni saqlash strategiyasi tasdiqlandi.

Na dne Aralskogo morya visadili pervie derevya dlya borbi s opustinivaniyem - Sputnik O‘zbekiston
Tiklanayotgan sahro: Orol dengizi hududi qanday o‘zgarmoqda

Strategiya doirasida quyidagilar amalga oshiriladi:

- muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar maydonlari mamlakat hududining 12 foiziga yetkaziladi;

- Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonlashtirish ishlari olib boriladi va uning maydoni 1,2 mln gektarga yetkaziladi;

- Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigida jayronlar bosh soni 1000 ga yetkaziladi;

- davlat qo‘riqxonalaridagi etalon ekotizimlarda bioxilma-xillik komponentlari uchun monitoring olib borishning markaziy bo‘g‘inli yagona tizimi ishlab chiqiladi;

- zamonaviy geoaxborot texnologiyalari (GIS–texnologiyalar) asosida bioxilma-xillikning davlat monitoringi va davlat kadastri yagona axborot ma’lumotlar bazasi ishga tushiriladi;

- har yili 2 mln gektar maydonda tabiiy yaylovlar va pichanzorlardagi o‘simliklar geobotanik tekshiruvdan o‘tkaziladi;

- bioxilma-xillikni saqlab qolish masalalari iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga integratsiya qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0