Ichki ishlar organlari uchun kadrlarni tayyorlashga doir qaror loyihasi tayyorlandi

© Press-slujba GUVD TashkentaSotrudniki OVD №7 v Yunusabadskom rayone Tashkenta
Sotrudniki OVD №7 v Yunusabadskom rayone Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari o‘quvchilarini ikki yillik o‘quv dasturi bo‘yicha tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilgan.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. “Ichki ishlar organlari uchun kadrlarni maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Shevron sotrudnika Ministerstva vnutrennix del Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent viloyati ichki ishlar organlari kuch va vositalarini boshqarish tizimi joriy etiladi

Hujjat loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari  o‘quvchilarini ikki yillik o‘quv dasturi bo‘yicha tayyorlash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilgan.

“Akademik litseylar faoliyatini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilansin:

birinchidan – o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida o‘quv rejasi, dastur va o‘quv-metodik materiallarni yanada takomillashtirish;

ikkinchidan – o‘qitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, o‘quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash, muammoli vaziyatlarni hal etish (“case-stady”), huquqiy hujjatlarni tuzishga yo‘naltirilgan huquqiy bilimlarni shakllantirish;

uchinchidan – o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar fondini, o‘qitishning texnik vositalari, shuningdek, global axborot-huquqiy va ta’lim resurslarini muntazam yangilab borish;

to‘rtinchidan – ichki ishlar organlari uchun malakali, yuqori kasbiy bilimga, yuksak axloqiy va ma’naviy fazilatlarga ega bo‘lgan kadrlarni maqsadli tayyorlashga zamin yaratish”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Hujjat loyihasidada yozilishicha, akademik litseylarga 2017/2018 o‘quv yiliga qadar (ushbu o‘quv yili qo‘shilgan holda) o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar o‘qishni o‘zlari ta’lim olayotgan akademik litseylarida amaldagi o‘quv dasturlariga muvofiq belgilangan tartibda tugatadi va diplom oladi.

Koordinator mejregionalnoy obshestvennoy organizatsii Moskovskiy profsoyuz politsii Mixail Pashkin - Sputnik O‘zbekiston
Ichki ishlar xodimlariga hujumlar soni nega ko‘paymoqda – ekspert fikri

Shuningdek, akademik litseylar bitiruvchilariga akademik litseyni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom bilan birgalikda ijtimoiy-gumanitar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan alohida mutaxassisliklari bo‘yicha davlat namunasidagi serifikat beriladi.

“akademik litseylar bitiruvchilari yashash joyi bo‘yicha profilaktika (katta) inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi lavozimiga hamda ichki ishlar organlarining safdorlar tarkibiga birinchi navbatda  qabul qilinadi”, - deb yozilgan qaror loyihasida.

Qayd etilishicha, IIV akademik litseylar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadasi va sport musobaqa (spartakiada)larining g‘oliblariga murabbiylik qilgan o‘qituvchi va xodimlariga budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan oylik maoshi (pul ta’minoti)ning 200 foizigacha miqdorda rag‘batlantirish uchun bir martali mukofot berish huquqiga ega.

Yangiliklar lentasi
0