Atambayev sobiq prezident maqomidan mahrum etilishi mumkin - maxsus komissiya tuzildi

Obuna bo‘lish
Qirg‘izistonda tuzilgan maxsus komissiya yetti kun davomida xulosa berishi lozim.

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston Jogorku Keneshida maxsus komissiya tashkil etildi. U Almazbek Atambayevni sobiq prezident maqomidan mahrum etish uchun unga nisbatan ayblovni e’lon qilish masalasi bo‘yicha o‘z xulosasini berishi kerak.

Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, komissiyani tashkil toptirish qarori 96 deputat tomonidan qo‘llab-quvvatlagan, faqat to‘rt deputat qarshi ovoz bergan.

Komissiya tarkibiga deputatlardan Kanibek Imonaliyev, Omurbek Bakirov, Yevgeniya Strokova, Kojobek Rispayev, Maksatbek Egemberdiyev, Talant Mamitov, Baktibek Rayimkulov, Jirgalbek Turuskulov, Oltinbek Junus o‘g‘li, Baktibek Turusbekovlar kirgan. Maxsus komissiya ishiga yetti kun ajratilgan.

OAVlarda tarqalgan xabarga ko‘ra, sal oldin deputat Kanatbek Isayev, Almazbek Atambayevni daxlsizlikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi hujjat ostida qirqdan ziyod deputatlarning imzolarini to‘plagani haqida ma’lum qilgan. Bu voqeaga qadar esa ayrim qonun chiqaruvchilarni sobiq prezident tomonidan parlament "mishiqi" bilan taqqoslangani haqidagi gap-so‘zlar darg‘azab etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Deputat Kojobek Rispayev Atambayevga javoban Jogorku Keneshda "mishiqisini yig‘ishtirib ololmagan odamlar emas, balki qirg‘iz xalqi elitasi" jamlan, degan. Shundan so‘ng parlament vakillari Atambayev tomonidan u davlat rahbari bo‘lgan vaqtlarda yo‘l qo‘yilgan qonunbuzarliklarni qizg‘in muhokama qilishga kirishganlar.

Yangiliklar lentasi
0