AQSh Ukraina poytaxti nomini o‘zgartirdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Kiyev
Goroda mira. Kiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh jo‘g‘rofik nomlar bo‘yicha kengashi Kiyev nomini yozish qoidasini o‘zgartirishga qaror qildi.

TOShKENT, 13-iyun – Sputnik. AQSh jo‘g‘rofik nomlar bo‘yicha kengashi Kiyev nomini yozish qoidasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchixonasi xabar qildi.

Ko‘rib chiqish uchun tegishli murojaatni elchi Valeriy Chaliy yubordi.

Kengash bir ovozdan xalqaro bazada Ukraina poytaxtini "Kiev"ni  "Kyiv"ga o‘zgartirishga qaror qildi.

Umumiy bazaga 17-iyun kuni o‘zgartirish kiritiladi.

Elchixona ta’kidlashicha, bu qaror Kiyevning butun dunyoda, shu jumladan, xalqaro qatnovlarda va chet el aeroportlarida yozilgan matnni o‘zgartirish uchun muhim ahamiyatga ega.

May oyi oxirida Ukraina hukumati ayrim rus familiyalarni yozish tartibini o‘zgartiradigan yozuv qoidalarini tasdiqlagandi.

Rossiya Davlat dumasida bu qadamni Rossiyaga qarshi kampaniyani davomi deb atadi.

Yangiliklar lentasi
0