Yaponiya Bosh vaziri 31-yil deganda birinchi marta rasmiy tashrif bilan Eronga yo‘l oldi

© Sputnik / Sergey MamontovPremyer-ministr Yaponii Sindzo Abe
Premyer-ministr Yaponii Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sindzo Abening aytishicha, uning Yaponiyaga rasmiy safari mintaqada ziddiyatni pasaytirishga yo‘naltirilgan

TOShKENT, 12-iyun - Sputnik. Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe chorshanba kuni rasmiy tashrif bilan Tehronga yo‘l oldi, u yerda Eron oliy yetakchisi oyatulloh Ali Humayniy va prezident Hasan Ruhoniy bilan uchrashadi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Yaqin Sharqdagi ziddiyat tashvishni keltirib chiqarmoqda. Xalqaro hamjamiyatning ushbu masalaga e’tiborini hisobga olgan holda, kuchim yetganicha men bu mintaqada tinchlik va barqarorlik rolini ijro etishni istardim. Yaponiya va Eron o‘rtasidagi an’anaviy do‘stona munosabatlarga tayanib, (mintaqada) ziddiyatni kamaytirish uchun prezident Ruhoniy va oliy yetakchi oyatulloh Xumayniy bilan ochiq fikr almashmoqchiman", - dedi Abe Eronga uchish oldidan NHK telekanaliga bergan intervyusida.

Yapon hukumati rahbarining Eronga rasmiy tashrifi 31-yil muqaddam, 1978-yilda shoh taxtdan ag‘darilmasidan va islom respublikasi tashkil topmasidan oldin amalga oshirilgan.

AQSh Eronga qarshi urush boshlashga tayyor >>>

Kutilishicha, muzokaralarning bosh mavzusi: AQSh yadro kelishuvidan chiqqaniga qaramay, Eronni ushbu kelishuvda qoldirish zarurati haqida bo‘ladi.

Stanislav Tarasov - Sputnik O‘zbekiston
Amerika Eronni tiz cho‘ktirishga urinmoqda – siyosatchi

Eron AQSh yadro bitimidan chiqqan sanadan bir yil o‘tib 2019-yil 8-may kuni ushbu shartnomaning ayrim bandlari: xususan, boyitilgan uran va og‘ir suv zaxiralari bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishni to‘xtatishini e’lon qildi. Tehron o‘zini ushbu cheklovlar bilan bog‘lab qo‘yilgan, deb hisoblamasligini ma’lum qildi.

Eron hukumati ko‘rilgan choralar AQSh tomonidan yadro kelishuvi qoidalarining buzilgani hamda Vashingtonning Tehronga qarshi sanksiyalar kiritgani, shuningdek, bitimning qolgan a’zolari (Germaniya, Fransiya, Britaniya, Xitoy va Rossiya)ning vujudga kelgan muammoga yetarli tarzda yecha topa olmagani bilan bog‘liqligiga ishora qilishgan edi.

Eron bu davlatlarga o‘z manfaatlarini ta’minlash uchun 60 kun muhlat bergan va agar ular AQSh harakatlari tufayli vujudga kelgan muammolarga yechim topa olishsa, vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan majburiyatlarini bajarishga qaytishga va’da bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0