Fargʻonada bank xodimlari seyfdan 100 ming $ oʻgʻirlashdi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻgʻirlik bankning vaqtincha boshqaruvchisi hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilgan

TOSHKENT, 12 iyun - Sputnik. Fargʻonada bank xodimlari 100 ming dollarni oʻzlashtirib yubordi, deb xabar qildi Oʻzbekiston IIV.

Uzcard - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Bank xodimlari fuqarolarning plastik kartochkalaridagi pullarini oʻgʻirlagani fosh boʻldi

"2019 yil 6 fevral kuni Fargʻona viloyatining Yozyovon tumani hududida joylashgan AT “Xalq banki” Yozyovon tumani filiali xodimlari tomonidan bank gʻaznasidagi valyuta saqlash seyfida boʻlgan pullar sanoqdan oʻtkazilganida, shu yerda boʻlgan 100000 AQSH dollari yoʻqligi aniqlangan", - deyiladi xabarda.

Ushbu holat yuzasidan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Yozyovon tumani Guliston mahallasida yashovchi yuqoridagi bankning vaqtincha boshqaruvchisi 32 yoshli S.T., hamda ikki nafar shu bank xodimlari tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0