Sankt-Peterburg portida Ekvadordan kelgan 400 kilo kokain topildi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishEkspertno-kriminalisticheskaya laboratoriya
Ekspertno-kriminalisticheskaya laboratoriya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Konteyner ichida baliq konservalari bilan birga 400 kilo kokain moddasi ham borligi aniqlandi.

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Sankt-Peterburg portida bojxonachilar Ekvadordan kelgan konteynerni bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi. Ko‘rik natijasida konteyner ichida baliq konservalari bilan birga 400 kilo kokain ham borligi aniqlandi.

“Noqonuniy muomaladan 2,5 million narkotik dozaga mo‘ljallangan, ularning umumiy qiymati 4,5 milliard rubl tashkil qiladi”, - deyilgan xabarda.

Konteyner ochilganda baliq konsersalar orasida narkotik solingan qoplar topildi. Kimoviy tadqiqot natijalariga ko‘ra, bu kokain moddasi ekanligini ko‘rsatdi.

Hozirgi vaqtda bojxona va politsiya xodimlari kontrabanda sxemasida kim ishtirok etganini aniqlashmoqda.

Yangiliklar lentasi
0