TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Bugun O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan brifingda Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilxomjon Ne’matov investitsiya, turizm va eksport bo‘yicha ma’lumot berdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.
“Besh oy davomida mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el samoyalarni olib kelishga qaratildi. Investitsiyalar bo‘yicha umumiy qiymati 500,2 milliard so‘mlik bo‘lgan 244 ta loyiha ishlab chiqilgan”, - Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari.
Ne’matovning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda umumiy qiymati 1,2 milliard so‘mlik 163 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
TIV vakili ta’kidlashicha, turistlar soni o‘tgan yilga nisbatan birinchi chorakda 42 foizga o‘sdi. Joriy yilning o‘tgan davr mobaynida 1,3 million turist O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni eksport qilish masalasi bo‘yicha O‘zbekiston elchixonasi bor davlatlarga eksport 30,6 foiz o‘sdi va umumiy qiymati 3 milliard 504 million so‘mni tashkil qildi”, - dedi Ne’matov.