O‘zbekistondan 18 dona qadimiy tangalarni olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatildi

© Sputnik / Valeriy MelnikovStarinnie moneti
Starinnie moneti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida xorijga ketayotgan yo‘lovchi poyezdida 18 dona qadimiy tangalar aniqlandi.

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l stansiyasida xorijga ketayotgan yo‘lovchi poyezdini bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Eksponat iz kolleksii Goxrana Rossii - Sputnik O‘zbekiston
“Nikolay” oltin tangalarini chegaradan olib o‘tishga uringan kishi qo‘lga tushdi

Natijada, ushbu poyezd yo‘lovchisi fuqaro A. A tomonidan mamlakat hududidan noqonuniy tarzda olib chiqilayotgan,  18 dona qadimiy tangalar to‘xtatib qolindi.

“Mazkur tangalarni faqat bittasi 100-yil ilgari zarb etilgan bo‘lsa, qolganlarini qadimiyligi 2-2,5 asrdan oshgan. Shuningdek qadimiy tangalarning biri eski arab yozuvida va ikkinchisi esa eski xitoy yozuvida zarb qilinganligi ma’lum bo‘ldi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0