TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Toshkent viloyatidagi kanalda 19 yoshli yigit cho‘qib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 9-iyun kuni Toshkent viloyatining O‘rtachirchiq tumanida yashagan 19 yoshli D.A. Oltio‘g‘il mahallasidan oqib o‘tuvchi “O‘rtachirchiq-Oqqo‘rg‘on” kanalida cho‘milayotib, ehtiyotsizligi oqibatida suvga cho‘kib ketgan.
IIV fuqarolarni yozning issiq va jazirama kunlarida taqiqlangan yoki belgilanmagan joylarda cho‘milmaslik, belgilangan joylarda cho‘milgan vaqtda ham xavfsizlik chora-tadbirlariga amal qilish so‘ralgan.