Qozog‘istonda hozircha AES qurish rejalashtirilmayapti – Tokayev

© Sputnik / Mediabankka o‘tishStroyashayasya atomnaya elektrostansiya. Illyustrativnoe foto
Stroyashayasya atomnaya elektrostansiya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tokayev o‘z nutqida atom elektrostansiyasini qurish bo‘yicha referendum o‘tkazish mumkinligini ma’lum qildi.

TOShKENT, 10-iyun – Sputnik. Qozog‘istonda atom elektrostansiyasini qurish hozircha rejalashtirilmayapti, bu haqda yangi saylangan prezident Qosim-Jomart Tokayev Akorda o‘tkazilgan matbuot anjumanda ma’lum qildi.

Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston saylangan prezidenti: Tokayev haqida nimalar ma’lum

“Hozircha atom elektrostansiyani qurish rejalashtirilmayapti. Agar kerak bo‘lsa, biz albatta bu masalani xalq bilan muhokama qilamiz. Kerak bo‘lsa referendum o‘tkazamiz”, - dedi Tokayev.

Aprel boshida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya-Qozog‘iston muzokaralar yakuni bo‘yicha Rossiya Qozog‘istonga atom elektrostansiyani qurish taklif qilganini ma’lum qilgandi.

O‘sha vaqtda Qozog‘iston energetika vazir o‘rinbosari Magzum Mirzagaliyev AES qurish uchun Olma-ota viloyati Ulken qishlog‘ida tahminiy maydon belgilanganligini jurnalistlarga aytgandi.

Aprel oyi oxirida Tokayev Qozog‘istonda AES qurish haqida qaror aholining ko‘pchilik fikrini olmasdan  amalga oshirilmasligini ta’kidlab o‘tgandi.

Qozog‘iston o‘zida atom energetikasidan foydalanish tajribasiga ega. 1973-yilda Kaspiy dengizining sharqiy qirg‘og‘ida Shevchenko (hozirgi Aktau) shahrida dunyoda birinchi energoblok ishga tushirilgandi. Bu energoblok 1998-yilgacha – loyiha muddatidan 5-yil ko‘p ishladi.   

Yangiliklar lentasi
0