TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. O‘zbekiston Hukumati atom energetikasidan foydalanish sohasida Rossiyada qabul qilingan qonuniy aktlarni qabul qilishi mumkin. Ushbu haqidagi qonun loyihasi muhokamaga chiqarildi.
Yangi qonunda Rossiya qonunchiligidan AES qurilishida investitsiyalarga doir noormalarni hamda atom energetikasidan foydalanishga doir 200 ga yaqin qonuniy aktlar aks ettirilgan. Undan tashqari ushbu sohadagi xalqaro tajribadan ham keng foydalanilgan.
“Yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda Xalqaro Atom Energetikasi tashkiloti tavsiyalari, atom energetikasi sohasiga yangi kirib kelgan Turkiya, Bangladesh va Belarus kabi davlatlar tajribasi hisobga olindi”, - deyilgan yangi qonun loyihasining kirish so‘zida.
Yangi qonun loyihasi 25-iyunga qadar muhokamada bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyoda birinchi AESni O‘zbekistonda 2021-yilda qurishni boshlash rejalashtirilgan. Ushbu vaqtga qadar AES uchun tanlangan maydonni o‘rganish va barcha kerakli ishlarni litsenziyalash jarayoni olib boriladi.
O‘zbekistonda qurilishi rejalashtirilayotgan AES ikki energoblokdan iborat bo‘lib, uning ummumiy quvvati 2,4 GVtni tashkil qiladi. Loyihani 2028-yilda yakunlash rejalashtirilgan.