Olis hududlarga borib dars berayotgan o‘qituvchilar maoshi 50%gacha oshirildi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishUrok kitayskogo yazika
Urok kitayskogo yazika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qonun: Olis hududlarga borib dars berayotgan o‘qituvchilar maoshi ish stajiga qarab 10%dan 50%gacha oshirildi.

TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Yangi o‘quv yilidan boshlab Olis hududlarga borib dars berayotgan o‘qituvchilar maoshi 10%dan 50%gacha oshirildi. Bu haqida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 7-iyun kuni imzolangan 471-sonli qarorida aytib o‘tilgan.

“Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarga maxsus ustama belgilanadi”, - deyilgan qaror matnidan.  

Ustamalar miqdori ushbu qarorning 2 – ilovasida keltirib o‘tilgan va ular bevosita pedagogning olis maktabda orttirgan ish stajiga bog‘liq:  

6 oydan – 3-yilgacha  –  10% ustama

3 yildan – 5-yilgacha – 20 %

5 yildan – 10-yilgacha – 30 %

10 yildan – 15-yilgacha – 40 %

15 yildan ortiq – 50 % miqdorida ustamalar belgilandi.

Qarorning birinchi ilovasida ushbu qaror amal qiladigan barcha tuman va shaharlar ro‘yxati ham kelitirib o‘tilgan.  

Yangiliklar lentasi
0