TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDR ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘FA xabar qildi.
O‘zbekiston va KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini poytaxtdagi "Milliy" stadionda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv o‘zbekistonliklarning yirik 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Gollarga Odil Ahmedov, Temurxo‘ja Abduxoliqov, Igor Sergeyev, Doston Tursunov mualliflik qilishdi.
Endi 11-iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Suriyaga qarshi bahs olib boradi.