TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Qozog‘istonda 8-iyun kuni sukunat kuni e’lon qilindi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar qildi.
Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, ushbu kunda nomzodlar saylovoldi tashviqot tadbirlarini to‘xtatishi lozim. Sukunat kunining vazifasi - har bir saylovchi tanlovining mustaqilligini ta’minlash, har qanday ta’sir, ruhiy bosimdan himoya qilish.
Ilgari saylov komissiyalari xonalari va ovoz berish xonalari tashqarisida ilingan bosma targ‘ibot materiallari avvalgi joylarda saqlanishi mumkin.
Qozog‘istonda 9-iyun kuni navbatdan tashqari prezident saylovi bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari lavozimiga 7 kishi da’vogarlik qilmoqda: “Nur Otan” partiyasidan Kasim-Jomart Tokayev, “Aq jol” partiyasidan Daniya Yespayeva; “Qozog‘iston Kommunistik xalq partiyasi”dan Jambil Axmetbekov, “Auil” partiyasidan Toleutay Rahimbekov, “Yil tag‘diri” milliy-vatanparvar harakatidan Amirjon Kosanov; yozuvchi va jamoat arbobi Sadibek Tugel; G‘arbiy Qozog‘iston viloyati kasaba uyushmalari hududiy birlashmasi raisi Amangeldi Taspixovlar