Shahar bosh rejasi hali tasdiqlanmadi - Toshkent shahar hokimligi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxt hokimligi Britaniya kompaniyasining “Yangi Toshkent” loyihasiga izoh berdi

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Poytaxt hokimligi Britaniya kompaniyasining “Yangi Toshkent” loyihasiga izoh berdi.

Britaniya me’morchilik kompaniyasi Benoy o‘zining veb sahifasida Toshkent shahri Bosh rejasining loyihasini e’lon qilgandi.

Noviy Tashkent: britansi predlojili unikalniy proyekt goroda - Sputnik O‘zbekiston
"Yangi Toshkent" bosh rejasi taklif etildi

Hokimlikning ma’lum qilishicha, Benoy faqat o‘z rejasini taqdim etgan. Bu masalada 3 ta kompaniyaning loyihalari ko‘rib chiqilmoqda, ularning orasida Benoy ham bor.

“Toshkent shahar hokimligini va shaharsozlik bo‘yicha mas’ul komissiya taqdim etilgan loyihalarni o‘rganib, eng ma’qulini tanlaydi”, - deyiladi hokimlik xabarida.

Shahar ma’muriyati yangiliklar va faktlarni kim nashr etayotganligidan qat’iy nazar (axborot sahifalari yoki mashhur blogerlar) ma’lumotlarning xaqqoniyligini tekshirishga chaqiradi.

Hozircha yakuniy qaror va tasdiqlangan reja yo‘q. Qaror va rejalar tasdiqlansa, bu haqida rasmiy ravishda xabardor qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0