Abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlar orqali hujjat topshirganda so‘rovnoma to‘ldiriladi

© Steven S.Ekzamen
Ekzamen - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Test sinovlari o‘tkazilayotgan yildan avvalgi yillarda ta’lim muassasasini tugatgan abituriyentlardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida to‘lov undiriladi.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq, abituriyentlar Davlat xizmatlari markazlar orqali hujjat topshirganda so‘rovnoma to‘ldiriladi.

Studenti vo vremya vstupitelnix ekzamenov v Uzekspotsentre - Sputnik O‘zbekiston
Test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi - prezident yangi qarori

Quyidagi hujjatlarning asl nusxasi taqdim etiladi:

- pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);

- maktabni, kollejni yoki litseyni tugatganlik to‘g‘risidagi hujjat (ilovasi bilan);

- imtiyozga ega bo‘lganlar imtiyozni tasdiqlovchi hujjat.

Abituriyent bir vaqtda, o‘qitishning bir shakli doirasida 3 tagacha oliy ta’lim muassasasini tanlashi mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun joriy yil bitiruvchilaridan va nogironligi bo‘lgan yoki to‘liq davlat ta’minotidagi shaxslardan to‘lov undirilmaydi.

Test sinovlari o‘tkazilayotgan yildan avvalgi yillarda ta’lim muassasasini tugatgan abituriyentlardan eng kam oylik ish haqining 50 foizi (101 ming 365 so‘m) miqdorida to‘lov undiriladi.

Yangiliklar lentasi
0