Bundan roppa-rosa 220-yil avval, 1799-yil 6-iyunda buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin tavallud topgan. Ushbu muhim sana munosabati bilan Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev toshkentliklar bilan birgalikda Pushkin haykali poyiga gul qo‘ydi, Rossotrudnichestvo esa respublikada rus tili va madaniyatini asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirishga hissa qo‘shgan kishilarni taqdirladi.
Rus shoiri ijodi o‘zbekistonliklar o‘rtasida yuksak qadrlanadi. Qayd etish joizki, Toshkentda Pushkin ko‘chasi, maydoni, yodgorligi, shuningdek, shoir nomi bilan atalgan metro stansiyasi mavjud.
Kuni kecha Namanganda “Ezgu ilhom parisi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan o‘quvchilar va talabalar Pushkin ijodidan namunalar o‘qishdi hamda uning portretiga gul qo‘yishdi.
O‘tgan yili O‘zbekistonning ikki taniqli madaniyat xodimi – Aleksandr Faynberg va Vladimir Shapiro – Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti – Pushkinning medali bilan taqdirlandi. Medal Rossiya bilan madaniy aloqalarni rivojlantirishga, shuningdek, rus tili va madaniyatini saqlab qolishga katta hissa qo‘shgan xorijiy davlatlarning fuqarolariga topshiriladi. Ushbu mukofotga 10 nafar o‘zbekistonlik sazovor bo‘ldi. Respublika Pushkin medali sovrindorlari soni bo‘yicha mamlakatlar o‘rtasida yetakchiga aylandi.