O‘zbekiston prezidentining kenja kuyovi Instagram’ga oilaviy suratini joyladi

© InstagramZat prezidenta Uzbekistana podelilsya semeynim snimkom v Instagram
Zat prezidenta Uzbekistana podelilsya semeynim snimkom v Instagram - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidentining kuyovi Instagram’ga joylashtirgan oilaviy surati 40 ming layk to‘pladi.

TOShKENT, 6-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining kuyovi, Shahnoza Mirziyoyevaning turmush o‘rtog‘i Otabek Umarov o‘zining Instagram’dagi sahifasida oilaviy suratini e’lon qildi.

Shavkat Mirziyoyev gotovit plov doma - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning osh pishirayotgan surati bir zumda 17 ming layk oldi

Umarov o‘z postida barchani Ramazon hayiti ayomi bilan tabrikladi.

“Mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi – muborak Ramazon hayiti ostonasida turibmiz. Bugun Arafa. Yurtimiz ahlini, barcha mo‘minlarni tabriklayman! Savob amallarimiz, xayrli ishlarimiz yil bo‘yi davomli bo‘lsin. Keyingi ayyomlarga tinchlik-xotirjamlikda, salomatlikda, yorug‘ yuz bilan yetkazsin. Hayit muborak bo‘lsin, azizlar!”, - deb yozgan postda.

Bu surat 40 ming yaqin layk to‘pladi. Post ostida besh yuzdan ortiq izoh qoldirildi.   

4 iyun kuni Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uy kiyimida osh pishirayotgan suratini joylashtirgan edi.

“Ba’zida oilaviy dasturxonimiz uchun oshni Dadamlar damlab beradilar. Biz esa ularga yordamchi. Arafa muborak!”, - degan so‘zlar bilan birgalikda.

Ushbu surat joylashtirilganidan so‘ng u bir zumda 17 ming "layk" oldi va uning ostida 2,5 mingdan ortiq izohlar paydo bo‘ldi.

Yangiliklar lentasi
0