Qator davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni Ramazon hayiti munosabati bilan tabrikladi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPrazdnovanie Namaz xayit v Tashkente
Prazdnovanie Namaz xayit v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda.

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelmoqda.

Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ularda prezidentga sog‘lik va muvaffaqiyatlar, mamlakat xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tilab, ezgu istaklar izhor etilgan.  

Jumladan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp 
Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat kotibi Mayk Pompeo
Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy
Iordaniya Hoshimiylar podshohligi podshohi Abdulla Ikkinchi
Kuvayt davlati amiri Saboh al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
O‘mon sultoni Qobus bin Said
Singapur Respublikasi prezidenti Halima Yoqub
Singapur Respublikasi bosh vaziri Li San Lun
Jibuti Respublikasi prezidenti Ismoil Umar Gelle
Afg‘oniston Islom Respublikasi hukumati ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla

Ma’lum qilinishicha, qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Bugun O‘zbekistonda Ramazon hayiti keng nishonlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0