Yomg‘ir va momaqaldiroq: O‘zbekistonda ertaga kutilayotgan ob-havo

© Sputnik / StringerTashkentskie dorogi ne viderjali prolivnogo dojdya
Tashkentskie dorogi ne viderjali prolivnogo dojdya  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ertaga O‘zbekistonning ko‘pgina viloyatlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Respublika Gidrometeorologiya markazi 6-iyun kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Slepoy dojd proshel nad znoynim Tashkentom - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "ko‘r yomg‘ir" yog‘di – video

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20, kunduzi 28-30 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida momaqaldiroq bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0