Ijtimoiy tarmoqlarda Mirziyoyev kiyib suratga tushgan krossovkalarni sotish boshlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishKrossovki
Krossovki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev osh pishirayotgan vaqtda kiygan krossovkalar sotila boshlandi.

TOShKENT, 5-iyun - Sputnik. Saida Mirziyoyeva O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uy muhitida osh pishirayotgan suratini ijtimoiy tarmoqda joylashtirdi. Suratda prezident uy kiyimi va krossovkada aks etgan.

Endilikda prezident kiygan krossovka mamlakatdagi eng orzu qilingan poyabzalga aylandi. Qolaversa, Facebook᾽da xuddi shunaqa poyabzal qayerda sotilishi haqida e’lonlarni berish boshlandi.

Ushbu modelni xarid qilish uchun 550 dollar sarflashga to‘g‘ri keladi.

© FacebookV Seti nachali prodavat krossovki, v kotorix Mirziyoyev gotovil plov
Ijtimoiy tarmoqlarda Mirziyoyev kiyib suratga tushgan krossovkalarni sotish boshlandi - Sputnik O‘zbekiston
V Seti nachali prodavat krossovki, v kotorix Mirziyoyev gotovil plov

Onlayn sotuvchilardan biri faqat buyurtma asosida sotishini va bu yuz foiz asl nusxasi ekanini yozgan.

Aytgancha, suratda Shavkat Mirziyoyev Italiyaning Z Zegna brendi krossovkasini kiyib tushgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyevning osh pishirayotgan surati bir zumda o‘zbek ijtioiy tarmoqlaridagi barcha rekordlarni yangilab, bir zumda o‘n minglab layk to‘plashga ulgurdi.

Yangiliklar lentasi
0