TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. Iroq harbiy razvedkasi “Islom davlati” (Rossiyada taqiqlangan tashkilot) terrorchilik uyushmasi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy haqida so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi.
Razvedka ma’lumotlarga qaraganda, al-Bag‘dodiy Iroq va Suriya o‘rtasidagi chegara hududlari, Xoms provinsiyasi, Iroq cho‘llari va Turkiya bilan chegaradagi qurolli kuchlar bo‘lmagan hududlarda harakat qilgan.
Bu haqda RIA Novostiga Iroq harbiy razvedkasi rahbari Saad Muzxer al-Allyak ma’lum qildi.
Aprel oyida, 2014-yildan beri ilk marta, “ID” terrorchilik uyushmasi rahbari Abu Bakr Al-Bag‘dodiy aks etgan videoyozuv paydo bo‘lgandi. Video reolik qachon va qayerda olingan aytilmagan.
Al-Bag‘dodiyga o‘xshagan kishi, u pastki qismi qizg‘ish rangga bo‘yagan soqol qo‘ygan. Boshqa video ishtirokchilari bilan suhbat chog‘ida u “ID”ning nazoratida qolgan so‘nggi hudud - Suriyaning Baguz shahri mag‘lubiyatga uchraganini tan oladi. AQSh ittifoq kuchlari Baguz ustidan bir oy oldin nazorat o‘rnatilganini rasman e’lon qilgandi.
So‘nggi yillarda Al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani haqida bir necha marta xabarlar paydo bo‘lgan, biroq bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan edi.
2018 yil avgust oyida al-Sumaria telekanali Iroq razvedkasidagi manbaga asoslanib, Al-Bag‘dodiy og‘ir jarohat olgandan so‘ng falaj bo‘lib qolgan va terrorchilik uyushmani boshqarmayotgani haqida xabar bergandi.