O‘zbekiston fuqarosi Portugaliyada pichoqlanishdan vafot etdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishVid na ulitsu Gran Via i zdanie Edifisio Metropolis v Madride
Vid na ulitsu Gran Via i zdanie Edifisio Metropolis v Madride - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirgi paytda huquqni muhofaza qilish organlari tergov tadbirlarini olib bormoqda va marhumning qarindoshlari jasadni Samarqand shahrida dafn etish maqsadida jo‘natish uchun hujjatlarni taxlashmoqda

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Samarqand shahrida ro‘yxatdan o‘tkazilgan O‘zbekiston fuqarosi Portugaliyada pichoqlanishdan vafot etdi, deb xabar berdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

"2019-yilning 1-iyun kuni Leyriya provinsiyasida (Portugaliya) pichoq bilan yetkazilgan jarohat natijasida 1983-yil 21-fevralda tug‘ilgan, Samarqand shahrida ro‘yxatga qo‘yilgan O‘zbekiston fuqarosi Ikrom Islomovich Negmatov vafot etgan", - deyiladi xabarda.

Hozirgi paytda huquqni muhofaza qilish organlari tergov tadbirlarini olib bormoqda va marhumning qarindoshlari O‘zbekiston fuqarosining jasadini Samarqand shahrida dafn etish maqsadida jo‘natish uchun hujjatlarni taxlashmoqda.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va zarurat tug‘ilganda konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatadi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhum O‘zbekiston fuqarosining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Ispaniya va Portugaliyada bo‘lib turgan vatandoshlarimizga ular zarurat tug‘ilgan holatlarda Madrid shahridagi mamlakatimiz Elchixonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma’lum qiladi: +34-91-310-16-39.

Yangiliklar lentasi
0