O‘zbekistonda “Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimi joriy etiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMaster klass ot trenerov iz Turina
Master klass ot trenerov iz Turina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yagona axborot tizimining yuritilishi, ushbu tizimga ma’lumotlar muntazam kiritilishi va ularning dolzarbligi ta’minlanishi monitoringini amalga oshiradigan davlat organi etib Jismoniy tarbiya va sport vazirligi belgilandi.

TOShKENT, 4-iyun – Sputnik.  “Jismoniy tarbiya va sport” yagona axborot tizimini yaratish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi.

Glavniy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Ektor Kuper - Sputnik O‘zbekiston
Ektor Kuper: “Bor kuchimizni Jahon chempionatiga chiqish uchun sarflaymiz”

Mazkur Yagona tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- sportchilar, trenerlar, ta’lim tashkilotlarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (yo‘riqchilari), shuningdek, respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish va sport inshootlari haqidagi ma’lumotlarning tizimli monitoringini olib borish;

- ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari va talabalarining sport fanlari bo‘yicha sinov imtihonlarini topshirish natijalarini tahlil qilish;

- sportchilar, trenerlar va respublikadagi jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish hamda sport inshootlarini ro‘yxatga olish va faoliyatini hisobga olish.

Yagona tizim 2019-yil 1-sentabrgacha ishga tushiriladi.

Yagona axborot tizimining  yuritilishi, ushbu tizimga ma’lumotlar muntazam kiritilishi va ularning dolzarbligi ta’minlanishi monitoringini amalga oshiradigan davlat organi etib Jismoniy tarbiya va sport vazirligi belgilandi.

Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi esa Yagona tizimni ishlab chiquvchi va operator hisoblanadi.

Ma’lumotlar www.sport.uz yagona axborot portalida, shuningdek, Ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirib boriladi.

Yangiliklar lentasi
0