Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni Ramazon hayiti bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbari Imom Buxoriy hazratlaridan rivoyat qilingan hadisi sharifdan iqtbos keltirgan: "Chinakam musulmon o‘ziga ravo ko‘rgan barcha yaxshiliklarni boshqa insonlarga ham ravo ko‘radi".

TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 575 nafar fuqaroni afv etdi

Prezident ushbu bayram ezgulik va insonparvarlik, mehr-shafqat kabi buyuk fazilatlari namunasi ekanligini, oila, elu yurt bilan birgalikda qutlug‘ va barokatli kunlarga yetkazgani uchun behisob shukronalar aytilishini qayd etgan.

Ramazon oyining fayzu tarovatidan bahramand bo‘lib, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va ahillik muhitini mustahkamlash, muhtaram nuroniylar, ayollar va bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatish, ehtiyojmand insonlarga beg‘araz yordam berish singari  savobli ishlarni amalga oshirishga intilamiz. 

Bunday olijanob maqsad va harakatlar esa mamlakatni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga olib chiqish, xalqni hayotdan rozi qilishga qaratilgan islohotlarning ma’no-mazmuniga har tomonlama uyg‘un va hamohang.

Bu yil muborak Ramazon kunlarida Termiz shahrida Hakim Termiziy, Toshkent shahrida Suzuk ota va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf kabi ulug‘ ulamolarimizning nomlari bilan atalgan diniy majmualar, jome masjidlari foydalanishga topshirilgani, joylarda besh tashabbus va boshqa ijtimoiy-ma’naviy dasturlar doirasida el-yurt, xususan, yoshlar va xotin-qizlar uchun qulay mehnat va turmush sharoitlari yaratilayotgani bu yo‘ldagi yangi qadamlar bo‘ldi. 

O‘zbekistonning "Jaholatga qarshi – ma’rifat" degan tamoyil asosida jahon miqyosida tinchlik va osoyishtalikni saqlash, vijdon erkinligi va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash, islom dinining insonparvarlik mohiyatini xalqimiz va dunyo ahliga yetkazish borasidagi tashabbuslari xalqaro hamjamiyat tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda. 

Mirziyoyev shu ulug‘ ayyom kunlarida uzoq va yaqin davlatlarda yashayotgan mo‘min-musulmon birodarlarni, barcha do‘st va hamkorlarni samimiy qutlab, ularning xalqlari va mamlakatlariga tinchlik va barqarorlik, taraqqiyot va farovonlik tilagan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xalq farovonligi yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilishini aytdi

O‘zbekiston rahbari Imom Buxoriy hazratlaridan rivoyat qilingan hadisi sharifdan iqtbos keltirgan: “Chinakam musulmon o‘ziga ravo ko‘rgan barcha yaxshiliklarni boshqa insonlarga ham ravo ko‘radi”.

Darhaqiqat, hayotda ezgu va savob amallarni bajarib, oilasi, farzandlari, el-yurtining baxtu saodatini o‘ylab, halol mehnat qilib yashash musulmon ahli uchun iymon-e’tiqodning muhim sharti hisoblanadi. 

"Ishonchim komil, dinu diyonatimiz va zamon ruhini qalbimizga chuqur singdirib, bugungi hayotning o‘tkir talabi bo‘lgan ilm-fan, innovatsiya va taraqqiyot yutuqlari bilan qurollanib, Vatanimiz ravnaqi yo‘lida astoydil xizmat qilsak, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga albatta yetamiz", - deya o‘z tabrigini yakunlagan prezident va barchaga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlarga fayzu baraka tilagan.

O‘zbekistonliklarni Saida Mirziyoyeva ham tabriklashga shoshilgan. U o‘z Instagram ida otasining suratini joylagan va bu surat qisqa fursatda internetda xitga aylandi.

Yangiliklar lentasi
0