Qozog‘istonda 16 nafar o‘zbekistonlik yoppasiga gazdan zaharlandi

© Sputnik / Aleksey KudenkoKapelnitsa
Kapelnitsa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur hodisa O‘zbekiston fuqarolari ta’mirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan.

TOShKENT, 3-iyun - Sputnik. Qozog‘istonda 16 nafar o‘zbekistonlik gazdan zaharlandi.

TIVning ma’lum qilishicha, 2019-yilning 3-iyun kuni Qarag‘anda shahrida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi maishiy gazdan zaharlanishi qayd etilgan.

Qarag‘anda viloyati tibbiyot markazi toksikologiya bo‘limi tomonidan og‘zaki berilgan ma’lumotga binoan quyidagi O‘zbekiston fuqarolari zaharlangan: Husanov Sardor, 20.07.2001-y.da tug‘ilgan; Djurayev Valentin, 15.04.1998-y.da tug‘ilgan; Husanov Sharif, 08.02.1973-y.da tug‘ilgan; Tochkanov Alisher, 17.10.1996-y.da tug‘ilgan; Ne’matov Baxodur, 30.03.1992-y.da tug‘ilgan; Elbayev Odil, 12.04.1986-y.da tug‘ilgan; Elbayev Farux, 02.02.1992-y.da tug‘ilgan; Tochkanov Shaxzod, 10.03.1999-y.da tug‘ilgan; Tochkanov Dastan, 24.10.1995-y.da tug‘ilgan; Tochkanov Aybek, 15.02.1996-y.da tug‘ilgan; Iskandarov Obid Salloxodinovich, 01.08.1995-y.da tug‘ilgan; Samiyev Azbek, 01.01.1998-y.da tug‘ilgan; Husanov Egamberdi, 25.01.1976-y.da tug‘ilgan; Maurutov Izzat, 01.01.1991-y.da tug‘ilgan;Husanov Niyaz, 01.01.1990-y.da tug‘ilgan; Husanov Kobonuyet, 18.04.1982-y.da tug‘ilgan.

Sotrudniki pravooxranitelnix organov i Skoroy pomoshi na meste proisshestviya - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘istonda 45 kishi gazdan zaharlandi, aksariyati maktab o‘quvchilaridir

Qozog‘iston vakolatli organlarining dastlabki taxminlariga ko‘ra, mazkur hodisa O‘zbekiston fuqarolari ta’mirlash ishlarini bajargan yangi qurilayotgan uyda benzin agregatidan is gazi chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan.

Xabarda “maishiy gaz, jumladan, is gazidan ingalyatsion zaharlanishning o‘rtacha og‘irlik darajasi. Toksikogipoksik ensefalopatiya” tashxisi bilan kasalxonaga joylashtirilgani qayd etilgan.

E.Husanov, I.Maurutov, N.Husanov va K.Husanovga sog‘lig‘ining barqaror holatda ekanligi munosabati bilan ruxsat berilgan.

Qarag‘anda shahri huquq-tartibot organlari tomonidan mazkur favqulodda holatning sabab va oqibatlarini aniqlash maqsadida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0