TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Toshkent shahrida kuzatilayotgan kuchli yog‘ingarchilik tufayli poytaxtga parvoz qilayotgan ikkita samolyot Samarqandga yo‘l oldi. Bu haqda AviaSpotter telegram kanali xabar qildi.
Xususan, Nur-Sultondan Toshkentga uchib kelayotgan, UZBEKISTAN airways’ning Airbus A320-214 samolyoti noqulay ob-havo tufayli Samarqanddagi aerodromga o‘z yo‘nalishini o‘zgartirdi.
Bundan tashqari, UZBEKISTAN airways’ning Moskva - Toshkent reysidagi Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti ham poytaxtdagi noqulay ob-havo va kuchli yog‘ingarchilik tufayli Samarqandga yo‘l oldi.