Suriya va Iroqda qamalgan qirg‘izistonliklarni qaytarish ishlari amalga oshirilmoqda

© Ramil SitdikovZaklyuchenniy za reshetkoy
Zaklyuchenniy za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston hukumati o‘z fuqarolarini vatanga qaytarish ishlarini muvofiqlashtirmoqda.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. Suriya va Iroqda qamalgan qirg‘izistonliklarni qaytarish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Skoraya meditsinaskaya pomosh, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Bishkek markazida portlash yuz berdi: 4 kishi jarohatlandi

Bu masalani hal qilish bo‘yicha Qirg‘iziston TIVda bosh vazir o‘rinibosari Jenish Razakov boshchiligida idoralararo guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

“Bugungi kunda Qirg‘iziston vakolatli organlari Iroq hukumati bilan birgalikda fuqarolar shaxsini aniqlash chora-tadbirlarini yakunladi, ularni Qirg‘izistonga qaytarish borasida ish olib borilmoqda”, - deyilgan xabarda.

Ta’kidlanishicha, bunday ishlar Suriya qamoqxonalarida saqlanayotgan qirg‘iz mahbuslar bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

“Bu yerda fuqarolar shaxsini aniqlash chora-tadbirlarini amalga oshirish zarur. Ushbu yo‘nalishda ishlar Suriyadagi vaziyatni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda”, - deyilgan TIV xabarida.

Barcha ishlar hukumat tomonidan muvofiqlashtirilib borilmoqda. Qamalgan qirg‘izistonliklar aniq soni haqida ma’lumot berilmadi.

Yangiliklar lentasi
0