Shavkat Mirziyoyev 575 nafar mahkumni afv etdi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishSledstvenniy izolyator, arxivnoe foto
Sledstvenniy izolyator, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afv etilganlarning 7 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini ayollar, 1 nafarini chet el fuqarosi tashkil etadi.

TOShKENT, 3-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida davlatimiz gumanistik siyosatining hamda xalqimizga xos ezgulik va mehr-oqibat, kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarning amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. 

Jenskaya ispravitelnaya koloniya v Tashkentskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda hayit arafasida bir guruh mahkuma ayollar ozodlikka chiqarildi

Farmonga muvofiq, sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 575 nafar fuqaro afv etildi.

Ularning 361 nafari jazodan to‘liq ozod qilinib, ota-onasi, farzandlari va yaqinlari bag‘riga qaytariladi, shuningdek, 214 nafar shaxsning ozodlikdan mahrum etish jazo muddatlari qisqartiriladi.

Afv etilganlarning 7 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar, 6 nafarini ayollar, 1 nafarini chet el fuqarosi tashkil etadi.

Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida afv etilgan shaxslarning ijtimoiy moslashuvi, ularni foydali mehnatga jalb etish va sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishiga ko‘maklashish yuzasidan mas’ul vazirliklar, idoralar va hokimliklarga tegishli topshiriqlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda hayit arafasida bir guruh mahkuma ayollar ozodlikka chiqarilgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0