AQSh samolyotlari Suriyadan Afg‘onistonga tajribali jangarilarni tashimoqda – ekspert

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishIgor Korotchenko
Igor Korotchenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Harbiy ekspert, “Milliy mudofaa” jurnali bosh muharriri Igor Korotchenkoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Iroq va Suriyada tirik qolgan jangarilarni Afg‘onistonga tashimoqda.

Korotchenko ta’kidlashicha, AQSh harbiy transport aviatsiyasiga qarashli samolyotlari jangarilar bilan Afg‘onistonda birma-bir qo‘nmoqda.

“Vaziyat u yerda murakkab va noaniq. AQSh afg‘on qurolli kuchlarini mustahkamlash bilan birga, Afg‘onistonga Suriya va Iroqda tirik qolgan tajribali jangarilarni o‘tkazmoqda”, - deb ta’kidladi harbiy ekspert Sputnik Tojikistonga.

Ekspertning fikriga ko‘ra, AQSh Markaziy Osiyo respublikalarida mavjud bo‘lgan muammolardan o‘z manfaatlarida o‘ynashi mumkin.

“U yerda harbiy-siyosiy barqarorlikni buzish, Afg‘onistondan terrorizmni sobiq ittifoq hududiga eksport qilish, Rossiya va Xitoyga katta muammo yaratish”, - deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Korotchenko Rossiya AQShning bunday harakatlari natijasida vaziyat izdan chiqib ketmasligi uchun zudlik javob berishi kerakligini ta’kidladi.

Tojikiston qurolli kuchlari o‘z hududini himoya qilish bo‘yicha majburiyatlarni talab darajasida bajarishi uchun ko‘mak berish maqsadida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Dushanbega yaqinda  tashrifi amalga oshirilganini qayd etdi.  

Rossiya Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Igor Zubov yanvarda aytgan so‘zlariga qaraganda, “Islom davlati”* terrorchilik uyushmasi Rossiyaning janubiy chegaralarida qochoqlarni “siqib chiqarish” bilan keng miqyosli provokatsiyalarni tayyorlamoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Korotchenko o tadjiksko-afganskoy granitse
Yangiliklar lentasi
0