O‘zbekistonda 2022-yilda Osiyo Kubogi o‘tkazilishi mumkin

© AFCArbitri jenshini AFU
Arbitri jenshini AFU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2022-yilda ayollar futboli bo‘yicha Osiyo Kubogi o‘tkazilishi mumkin.

TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 2022-yilda ayollar terma jamoalari o‘rtasida Osiyo Kubogi musobaqasiga mezbonlik qilish uchun ariza topshirdi, deb xabar qilmoqda O‘FA.

“Kecha Osiyo futbol konfederatsiyasi mazkur arizani rasman ro‘yxatga oldi.O‘zbekistondan tashqari Hindiston va Xitoy Taypeyi mamlakatlari ham musobaqaga mezbonlik qilish uchun ariza topshirishgan”, - deyilgan xabarda.

Chempionat qayerda bo‘lib o‘tishi haqida yakuniy qaror OFK tomonidan kelasi yil qabul qilinadi. Ungacha maxsus komissiya a’zolari har uchchala mamlakatga safar uyushtirib, musobaqani o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqishadi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Kubogida jami 8ta ayollar terma jamoalari bor. Ular 2 guruhga bo‘lingan halda musobaqalarda ishtirok etadi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa, 3-o‘rinni olgan ikkita jamoa o‘zaro kuch sinashib, g‘olibni aniqlashadi. Shu tariqa 5ta jamoa ayollar o‘rtasidagi Jahon chempionatida qatnashish imkoniga ega bo‘lishadi.

Yangiliklar lentasi
0