TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. Sankt-Peterburgda joylashgan "Deti Peterburga" jamoatchilik tashkiloti Centralasiengrupperna va Svenska Institutet bilan birgalikda migrantlar bolalarini qanday qilib maktabga joylashtirish mumkinligi haqida kichik qo‘llanma chop etdi.
Qo‘llanma asosan komiks rasmlardan tashkil topgan bo‘lib, uning bosh qahramoni Go‘zal ismli o‘zbekistonlik qiz. U arxitektor bo‘lishni orzu qiladi, lekin buning uchun avval maktabda o‘qish kerak. Qo‘llanmaga ota-onalar uchun o‘zbek, rus, qirg‘iz va tojik tillarida yozilgan kerakli ma’lumotlar ham ilova qilingan.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, ushbu komksni yaratishga migrantlar bolalarning maktabga borishi va u yerda o‘qishi oson emasligi, bunda nafaqat hujjatlar yoki joy yo‘qligi balkim til bilmaslik ham katta muammo ekanligi ko‘rsatilgan.
Ayni damda ushbu broshuralar shaharda ishlayotgan migrantlar orasida tarqatilmoqda.