TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. Yaqinda sayohatdan qaytib kelgan Kseniya Sobchak O‘zbekiston haqida o‘zining yorqin va samimiy xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Rossiyalik jurnalist O‘zbekiston madaniyati va mehmondo‘stligini yuqori baholab, uni kutib olgan kishilarga minnatdorlik bildirdi.
“O‘zbekiston – g‘aroyib madaniyat mamlakati. Bu yerda, xuddi Yaponiya kabi, hech kim sizga “yo‘q” deb javob bermaydi. Ikkinchidan – bu yerda haqiqiy sharqona ertak. Uchinchidan – siz ham men kabi keramika va qo‘lda tikilgan kashtalarni yaxshi ko‘rsangiz – bu yoqqa marhamat. Samimiy mehmondo‘stlik uchun rahmat”, - deb yozib qoldirgan Kseniya Sobchak o‘z instagramida.
O‘tgan haftda Kseniya Sobchak Samarqandda olgan taassurotlari haqida xabar bergan edik. O‘shanda rossiyalik teleboshlovchi o‘zining Go‘r Amir hamda Registondan olgan taassurotlari bilan bo‘lishgan edi.
Eslatib o‘tamiz, bir necha yil oldin, aniqrog‘i 2017-yilda Kseniya Sobchak rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy bilan bo‘lgan intervyusida “O‘zbekistonda hech kim Pushkinni tanimaydi” degan so‘zlarni aytgan edi. Bunga javoban internetda yuzlab o‘zbeklar Pushkin she’rlaridan satrlar o‘qib berishgan edi.
Ming marta eshitgandan, bir marta ko‘rgan yaxshi deganlaridek, O‘zbekistonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, yaxshi taassurotlar bilan qaytgan Kseniya Sobchak bundan buyon o‘zbeklar haqida gapirganda adashmaydi deb umid qilamiz.