TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. O‘zbek palovi dunyoni zabt etishni davom etmoqda: bu safar oshpazlar Grozniy shahridagi markaziy maydon "Checheniston yuragi" masjidi ro‘parasida minglab kishilar uchun berilgan iftorlikda palov tayyorladilar, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Maydonning o‘zida "naves" ostida oshxonalar hozirlanib, ulkan doshqozonlar o‘rnatildi. Kavkaz va Osiyo oshxonalari taomlari, desertlar tayyorlandi", - deb xabar qilgan nashr.
Yigirma ming kishi uchun palovni o‘zbekistonlik oshpazlar tayyorlashgan.
Masjid oldidagi maydonda odamlar o‘tirib dam olishlari uchun yuzlab metr gilamlar to‘shaldi, dasturxonlar yozildi.